Uilyams: «Fransiyani avval ikki bor mag'lub etganmiz. Buni yana takrorlamoqchimiz»
Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Niko Uilyams 2026 yilgi jahon chempionati yarim finalida Fransiyaga qarshi bo'lib o'tadigan bahs oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Biz ularni so'nggi ikki uchrashuvda mag'lub etganmiz va buni yana takrorlashni istaymiz. O'yin juda qiyin kechadi, ammo tarozi pallasi bizning foydamizga og'ishiga umid qilamiz. Betaraf muxlislar uchun esa bu haqiqatan ham juda qiziqarli bahs bo'ladi», — dedi Uilyams Mundo Deportivo nashriga.
Ispaniya va Fransiya o'rtasidagi 2026 yilgi jahon chempionati yarim final bahsi 15 iyul soat 00:00da start oladi.
Ispaniya terma jamoasi Fransiyani so'nggi ikki o'zaro uchrashuvda mag'lub etgan. «Qizil furiya» 2024 yilgi Yevropa chempionati yarim finalida 2:1, 2025 yilgi Millatlar ligasi yarim finalida esa 5:4 hisobida g'alaba qozongan edi.