locale OZ

Uilyam Pacho «PSJ» bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erishdi

Tomonlar oʻrtasida tuziladigan yangi bitim 2030 yilga qadar amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Uilyam Pacho «PSJ» bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erishdi
FOTO: Getty Images

Ekvadorlik himoyachi Uilyam Pacho «Pari Sen-Jermen» bilan yangi shartnoma shartlarini kelishib oldi. Bu haqda RMC Sport xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, futbolchining poytaxt klubi bilan tuzadigan yangi bitimi 2030 yilning yozigacha amal qiladi. Qayd etilishicha, Pachoning maoshi sezilarli darajada oshadi.

Eslatib oʻtamiz, Pacho 2024 yilning avgust oyida Frankfurtning «Ayntraxt» klubidan «PSJ»ga 45 million yevro evaziga transfer qilingan. Shuningdek, u faoliyati davomida «Independiente del Valle» va «Antverpen» klublari sharafini ham himoya qilgan.

Maʼlumot uchun, joriy mavsumda himoyachi 13 ta o‘yinda maydonga tushib, bir gol urgan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Pachoning hozirgi bozor qiymati 65 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting