locale OZ

Ugo Broos Janubiy Afrika terma jamoasini tark etmaydi

Avvalroq tajribali murabbiy 2026-yilgi Jahon chempionatidan so‘ng faoliyatini yakunlashi haqida xabarlar tarqalgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ugo Broos Janubiy Afrika terma jamoasini tark etmaydi
Foto: Getty Images

74 yoshli belgiyalik mutaxassis Ugo Broos Janubiy Afrika terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyatini davom ettirishi mumkin.

Avvalroq tajribali murabbiy 2026-yilgi Jahon chempionatidan so‘ng faoliyatini yakunlashi haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq so‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Janubiy Afrika futbol assotsiatsiyasi Broosni terma jamoada olib qolish niyatida va tomonlar hamkorlikni davom ettirish masalasini muhokama qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ugo Broos boshchiligidagi Janubiy Afrika terma jamoasi JCh-2026da tarixda ilk bor pley-off bosqichiga chiqishga muvaffaq bo‘ldi.

Biroq, ishonchli manbalarda bu borada qarama-qarshi ma'lumotlar ham mavjud. Xususan, Reuters xabariga ko‘ra, Broos murabbiylik faoliyatini yakunlash qarorida qat'iy ekanini va faqat maslahatchi yoki skaut sifatida ishlash variantini ko‘rib chiqayotganini ma'lum qilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting