locale OZ

UFF. Xorazm vohasida iste’dodlar bisyor!

Qo‘shni hududlar jamoalari o‘rtasida tashkil etilayotgan nazorat uchrashuvlari seleksiya ishlarining samaradorligini oshirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
UFF. Xorazm vohasida iste’dodlar bisyor!
photo: UFF

O‘zbekiston futzal federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan ishchi guruh bugun kunning ikkinchi yarmida Urganch shahriga yetib bordi va Viloyat sport zaxiralari kolleji sport zalida rejalashtirilgan ilk seleksiya mashg‘ulotini o‘tkazdi.

E’tiborlisi, Xorazm viloyatida tashkil etilayotgan seleksiya jarayonida Qoraqalpog‘iston Respublikasining iqtidorli yosh futzalchilari ham qatnashishmoqda. Bu esa hududlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash bilan birga, iste’dodlarni yanada kengroq qamrovda saralash imkonini bermoqda.

Qo‘shni hududlar jamoalari o‘rtasida tashkil etilayotgan nazorat uchrashuvlari seleksiya ishlarining samaradorligini oshirmoqda. Chunki oddiy ko‘rik mashg‘ulotlariga nisbatan amaliy o‘yinlar davomida futbolchilarning texnik mahorati, taktik tafakkuri, jismoniy tayyorgarligi va ruhiy barqarorligi yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Shu bois murabbiylar uchun istiqbolli futzalchilarni aniqlash ancha qulay kechmoqda.

Dastlabki kunning o‘zidayoq seleksiya mashg‘ulotlarida 50 nafarga yaqin yosh futzalchi ishtirok etdi. Ertaga ham ayni shu maskanda saralash jarayonlari davom ettiriladi. Yakunda yoshlar va o‘smirlar terma jamoalarimiz uchun munosib nomzodlar ro‘yxati shakllantiriladi.

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning salohiyatini yuzaga chiqarish hamda terma jamoalarimiz uchun munosib zaxira yaratishga qaratilgan bunday seleksiya tadbirlari kelgusida mamlakatimiz futzalining rivojiga xizmat qilishi, terma jamoalarimiz safini yangi va iqtidorli futbolchilar bilan boyitishi shubhasiz.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting