UFF Prezidenti kubogi musobaqasiga qur'a tashlandi
Bugun mamlakatimizda havaskor jamoalar o‘rtasida ilk bor tashkil etilayotgan “UFF Prezidenti kubogi” musobaqasining asosiy bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Jarayonda O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda BMB PFC jamoasi posboni Abbos Ulmasbekov ekspert sifatida ishtirok etdi.
Asosiy bosqichda o‘nta jamoa qatnashadi. Qur'aga ko‘ra jamoalar o‘zlariga tegishli tartib raqamlarini bilib olishdi. Shunga ko‘ra Berger tizimida musobaqa taqvimi shakllantirildi. Yangi turnirning birinchi turida kuch sinashuvchi juftliklar bilan tanishing:
TATU – BMB
“Bojxona” – “Olimpik”
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi – SQB
IMV – “Kamol Construction”
“Istiqlol” – “Parma”
“UFF Prezidenti kubogi” musobaqasiga 8-noyabr sanasida start beriladi. O‘yinlar har haftaning shanba kunlari Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sport zalida bo‘lib o‘tadi. Kunning birinchi uchrashuvi soat 8:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.