locale OZ

UFF. Iste’dodlarni izlab: Samarqand viloyatida seleksiya boshlandi

Ikki kunlik ko‘rik yakunlariga ko‘ra, Samarqand viloyatidan saralab olingan eng iqtidorli nomzodlar keyingi bosqichga tavsiya etiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
UFF. Iste’dodlarni izlab: Samarqand viloyatida seleksiya boshlandi
photo: UFF

O‘zbekiston futzal federatsiyasi tashabbusi bilan yosh va iste’dodli futzalchilarni aniqlash, ularni kashf etish hamda yoshlar va o‘smirlar terma jamoalariga jalb etishga qaratilgan seleksiya loyihasi izchil davom etmoqda.

Bugun ishchi guruhi Samarqand viloyatida navbatdagi ko‘rik-seleksiya jarayoniga start berdi. Dastlabki kun sinovlari viloyat Futbol akademiyasi sport zalida tashkil etilib, unda 30 nafardan ortiq iqtidorli yosh futbolchi ishtirok etdi.

Mashg‘ulotlar va ko‘rik-nazorat uchrashuvlari davomida ishtirokchilar o‘z mahoratlarini O‘FF Terma jamoalar bilan ishlash departamenti rahbari Dilshod Rahmatov, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Nodir Eliboyev hamda o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Shuhrat Tojiboyev boshchiligidagi mutaxassislar oldida namoyish etishdi.

Seleksiya ertaga ham shu manzilda davom etadi. 2007–2010-yillarda tug‘ilgan (16–19 yosh) iqtidorli futzalchilar o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rishlari mumkin.

Ikki kunlik ko‘rik yakunlariga ko‘ra, Samarqand viloyatidan saralab olingan eng iqtidorli nomzodlar keyingi bosqichga tavsiya etiladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting