locale OZ

UFA va UzPFL rahbariyati Superliga klublari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Yangi mavsumni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
UFA va UzPFL rahbariyati Superliga klublari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Фото: ЎФА

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida yangi mavsum oldidan Superliga jamoalari vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Bugun UFA hamda UzPFL rahbariyati ishtirokida tashkil etilgan mazkur uchrashuvda yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonlari, reglament talablari, infratuzilma va bir qator muhim yo‘nalishlar muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida klublarga infratuzilmani doimiy yaxshilab borish, akademiyalar va ayollar futboliga e’tibor qaratish hamda klublar faoliyatini professional tarzda tashkil etish yana bir bor eslatib o‘tildi.

Mutasaddilar tomonidan jamoalar vakillarining savollariga batafsil javob berilib, yangi mavsumni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting