UFA tashabbusi bilan Toshkentda Iqtidorli murabbiylar konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Toshkentda “Iqtidorli murabbiylar” konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
27–28-aprel kunlari Milliy futbol markazida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Iqtidorli murabbiylar” konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada respublikaning barcha hududlaridan tashrif buyurgan bolalar futboli murabbiylari va professional klublar vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida O‘FA vitse-prezidenti Odil Ahmedov, Milliy jamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaro, murabbiylar Fransesko Troise va Yevgenio Albarella o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, murabbiylarga kerakli tavsiyalar berib o‘tishdi.
💬 Õzbek futbolida qo‘llanilayotgan zamonaviy metodlar, murabbiylikdagi yangi yo‘nalishlar hamda ilg‘or yondashuvlar yuzasidan fikr almashildi.Konferensiyada jamoamiz bosh murabbiyi Abbos Ergashov murabbiylar Abbosbek Maxstaliyev va Zafar Qoraqulovlar ham O‘FA tomonidan taklif etilib konferensiyada ishtirok etishdi.