locale OZ

UFA rahbariyati Osiyo kubogi oldidan O‘zbekiston U-17 terma jamoasi a’zolari bilan uchrashdi

Murabbiylar shtabi bilan jamoaning ayni paytdagi holati va tayyorgarlik jarayoni haqida suhbatlashildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
OʻFA rahbariyati Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi aʼzolari bilan uchrashdi
Фото: ЎФА

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Milliy futbol markazida Osiyo kubogi musobaqasiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Bugun UFA rahbariyati yoshlar jamoamiz bilan uchrashdi.

Suhbatda jamoa oldida turgan ushbu musobaqa haqida fikr bildirilarkan, O‘zbekiston turnirning amaldagi g‘olibi ekani, professionallik, intizom va ahillik bilan munosib ishtirok etish kerakligi ta’kidlandi. Bu borada assotsiatsiya tomonidan barcha sharoitlar yaratilgani aytib o‘tildi.

“Sizga yurtimizdagi barcha tengdoshlaringiz havas qiladi, Osiyo kubogi kabi musobaqalar katta tajriba bo‘lib, keyingi faoliyatingizga ham ta’sir qiladi. Har bir uchrashuvda finalda o‘ynayotgandek katta ishtiyoq bilan, bir tan-u jon bo‘lib, jamoaviy ruh va ahillik bilan O‘zbekiston farzandlari nimalarga qodir ekanligini namoyon etishingizga ishonamiz”, - dedi UFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov.

Murabbiylar shtabi bilan jamoaning ayni paytdagi holati va tayyorgarlik jarayoni haqida suhbatlashildi. Tibbiy shtabga futbolchilarning sog‘ligi, tiklanishi va vitaminlash jarayoni yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. O‘z navbatida, jamoamizning bir qator yetakchi futbolchilari ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting