UFA murabbiylar kengashi navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi
Ayollar va yoshlar terma jamoalarining muhim musobaqalarga tayyorgarligi muhokama qilindi
Rasm: Telegram
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi murabbiylar kengashining navbatdagi yig‘ilishida ayollar milliy terma jamoasining Osiyo kubogiga, shuningdek U-14, U-16 va yoshlar terma jamoalarining oldinda turgan yirik musobaqalarga tayyorgarlik rejasi ko‘rib chiqildi.
Kengash a’zolari futbolchilar seleksiyasi, ularning jismoniy, texnik va taktik tayyorgarligini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berishdi. Shuningdek, terma jamoalar uchun barcha zarur sharoitlar yaratib berilishi ta’kidlandi.
Bakradze Iman
Redaktor