locale OZ

UFA Kannavaro bilan muzokaralar olib borilayotgani haqida rasmiy ma'lumot berdi

UFA bu borada o‘z munosabatini bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
UFA Kannavaro bilan muzokaralar olib borilayotgani haqida rasmiy ma'lumot berdi
Фото: ЎФА

Fabio Kannavaro O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi murabbiyi bo‘lishi haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu xabarlarga esa UFA munosabat bildirib, barcha ma’lumotlarni berdi.

"O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarixda ilk bor FIFA Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ushbu tarixiy natija mamlakat futboli uchun yangi sahifa hisoblanar ekan, navbatdagi ustuvor vazifa – Jahon chempionatiga puxta tayyorgarlik ko‘rish va musobaqada munosib ishtirok etishni tashkil etishdir.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan bu borada barcha yo‘nalishlarda tizimli ishlar boshlab yuborilgan. Jumladan, xalqaro tajribaga ega va Jahon chempionatida ishtirok etgan mutaxassislarni terma jamoaga taklif etish bo‘yicha sa’y-harakatlar davom etmoqda. Xususan, UFA rahbariyati bu borada yaqin o‘tganning yorqin yulduzlaridan biri, Jahon chempionati g‘olibi, 2006 yilda dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan taniqli italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro bilan muzokaralar olib bormoqda.

Muzokaralar bo‘yicha batafsil va rasmiy xabarlar UFA sahifalarida e’lon qilinadi. OAV vakillaridan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan norasmiy va asossiz xabarlarga tayanmasliklarini so‘raymiz", - deya xabar berdi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting