locale OZ

Ueyn Runi Holand bilan bo‘lgan bahsda yutqazib, Gudzon daryosini eshkak eshib kesib o‘tdi

Angliyalik sobiq futbolchi oʻz vaʼdasining ustidan chiqdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ueyn Runi Holand bilan bo‘lgan bahsda yutqazib, Gudzon daryosini eshkak eshib kesib o‘tdi
FOTO: Getty Images

"Manchester Yunayted" va Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Ueyn Runi Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland bilan garovda boy berib qo‘ygani uchun Nyu-York shtatidagi Gudzon daryosini eshkak eshib o‘tishga majbur bo‘ldi. Angliyalik afsona o‘z va’dasining ustidan chiqdi. Bunga JCh-2026 nimchorak finalida Norvegiyaning Braziliya terma jamoasini (2:1) mag‘lub etib, chorak finalga yo‘llanma olgani sabab bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati davomida norvegiyalik muxlislar tomonidan ommalashgan "vikinglar eshkak eshishi" (vikings rowing) fleshgmoni ijtimoiy tarmoqlarda katta rezonansga sabab bo‘lgan edi.

Norvegiya terma jamoasi turnirning chorak finalida aynan Angliyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan xayrlashgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, JCh-2026 musobaqasi 11-iyundan 19-iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tmoqda. Bugun bo‘lib o‘tadigan final uchrashuviga Amerikaning Ist-Raterford shahri mezbonlik qiladi. Amaldagi jahon chempioni — Argentina.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting