locale OZ

Ueyn Runi Angliya Premer-ligasi favoriti qaysi jamoa ekanini aytdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ueyn Runi Angliya Premer-ligasi favoriti qaysi jamoa ekanini aytdi
Photo: Getty Images

"Manchester Yunayted" afsonasi Ueyn Runi "Nyukasl" hujumchisi Aleksander Isakning "Liverpul"ga transferi va yangi mavsum Premer-ligada qaysi jamoa chempion bo‘lishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

Uning fikricha, Arne Slot boshchiligidagi "Liverpul" APL chempionligi uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi:

"Men "Liverpul"ni bu mavsumda chempionlik uchun asosiy nomzod deb hisoblayman. Agar Isak ham qo‘shilsa, ularni to‘xtatish imkonsiz bo‘ladi. Chunki yaxshi futbolchilar har qanday jamoaga tezda moslashadi. Isak esa o‘zini yuqori darajadagi hujumchi ekanligini isbotlagan", dedi Runi BBC nashriga bergan intervyusida.

Runining fikricha, agar Isak ketadigan bo‘lsa, bu "Nyukasl" uchun orqaga tashlangan qadam bo‘ladi. Klub uni qo‘ldan chiqarmaslik uchun qo‘lidan kelganini qilmoqda.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting