locale OZ

Ueyn Runi 40 kilogramm ozdi va burnini operatsiya qildirdi

Sobiq futbolchi yangi ko‘rinishda Disney+ platformasidagi “The Real Rooneys” seriali taqdimotida omma oldida ko‘rinish berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ueyn Runi 40 kilogramm ozdi va burnini operatsiya qildirdi
Foto: Getty Images

“Manchester Yunayted” va Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Ueyn Runi 40 kilogramm vazn tashlagani va burnidan operatsiya qildirgani ma’lum bo‘ldi. Sobiq futbolchi yangi ko‘rinishda Disney+ platformasidagi “The Real Rooneys” seriali taqdimotida omma oldida ko‘rinish berdi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Runi vazn tashlash uchun turli ukol vositalaridan foydalangani haqidagi gaplarni rad etib, natijaga o‘z mehnati bilan erishganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ortiqcha vazndan xalos bo‘lish uchun jiddiy harakat qilgan.

Shuningdek, 40 yoshli sobiq futbolchi burnining bir tomonidan to‘g‘ri nafas ololmagani sabab operatsiya qildirganini aytdi. Ushbu muammo unga uzoq vaqt davomida noqulaylik tug‘dirgan va kuchli xurrak otishiga ham sabab bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Runi professional futbolchilik faoliyatini 2021-yilda yakunlagan. Hozirda u murabbiylikdan tashqari televideniye va media loyihalarida ham faoliyat olib bormoqda. Uning oilaviy hayotiga bag‘ishlangan “The Real Rooneys” seriali Disney+ platformasi uchun tayyorlangan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting