locale OZ

Uelbek «Chelsi»ga o'tmoqda – Romano

Tajribali hujumchi 2020 yildan buyon 'Brayton' safida o'ynab kelayotgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Uelbek «Chelsi»ga o'tmoqda – Romano
ФОТО: Getty images

Angliyalik hujumchi Denni Uelbek 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnoma asosida 'Chelsi' safiga qo'shilmoqda. London klubi 35 yoshli futbolchining transferi bo'yicha 'Brayton' bilan to'liq kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko'ra, Uelbek 'Chelsi' bilan shaxsiy shartnoma shartlarini ham kelishib oldi. Endi futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tadi, shundan so'ng transfer rasmiy yakunlanadi. 'Brayton' esa hujumchining rasmiy transfer so'rovini inobatga olib, uning ketishiga rozilik bergan.

Denni 'Manchester Yunayted' akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va asosiy jamoada ham to'p surgan. Shuningdek, u faoliyati davomida 'Arsenal', 'Uotford' va boshqa klublar sharafini ham himoya qilgan. Tajribali hujumchi 2020 yildan buyon 'Brayton' safida o'ynab kelayotgandi.

Uelbek o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting