UEFAning qator futbol assotsiatsiyalari Rossiyaning xalqaro musobaqalarga qaytishiga keskin qarshi
Angliya, Germaniya, Fransiya va yana bir nechta UEFA a'zolari Rossiyaga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilishni qo‘llab-quvvatlamayapti.
Foto: Getty Images
Yevropaning bir qator milliy futbol assotsiatsiyalari Rossiya terma jamoalari va klublarining xalqaro musobaqalarga qaytarilishi g‘oyasiga qat'iy qarshi chiqmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, Angliya, Germaniya, Fransiya va yana bir nechta UEFA a'zolari Rossiyaga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilishni qo‘llab-quvvatlamayapti. Ularning fikricha, amaldagi taqiqni saqlab qolish kerak.
Avvalroq FIFA Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining (XOQ) tavsiyasidan so‘ng Rossiya masalasini qayta ko‘rib chiqishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq UEFA ichida bu borada jiddiy qarshilik saqlanib qolmoqda va Rossiyaning yaqin orada xalqaro futbolga qaytishi ehtimoli past baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist