locale OZ

UEFA’ning bu haftadagi barcha oʻyinlari Luchesku xotirasiga bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi

Avvalroq ruminiyalik mutaxassis 80 yoshida vafot etgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
UEFA’ning bu haftadagi barcha oʻyinlari Luchesku xotirasiga bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi
FOTO: Getty Images

Shu haftada UEFA shafeligida o‘tkaziladigan barcha klub miqyosidagi turnir o‘yinlari Sankt-Peterburgning «Zenit» klubi sobiq bosh murabbiyi Mircha Luchesku xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlash bilan boshlanadi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti ma’lum qildi.

Taniqli mutaxassis 7 aprel, seshanba kuni 80 yoshida vafot etdi. Luchesku Ruminiya terma jamoasi mashg‘uloti vaqtida ahvoli yomonlashgani sababli shifoxonaga yotqizilgan edi. Unga o‘tkir miokard infarkti tashxisi qo‘yilgan, 5 aprel kuni esa ahvoli og‘irlashgani bois sun’iy koma holatiga o‘tkazilgan edi.

Mircha Lucheskuning so‘nggi ish joyi Ruminiya terma jamoasi bo‘ldi. Uning boshchiligidagi jamoa JCH-2026 yo‘llanmasi uchun o‘tkazilgan o‘tish o‘yinlarida Turkiyaga (0:1) imkoniyatni boy bergan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting