UEFA Yoshlar Ligasi. «Real» finalda «Bryugge»ni magʻlub etib, bosh sovrinni qoʻlga kiritdi
UEFA Yoshlar ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi final uchrashuvi yakuniga yetdi. Unda Belgiyaning «Bryugge» hamda Ispaniyaning «Real» jamoalari o‘zaro bahs olib borishdi. O‘yinning asosiy vaqti 1:1 hisobidagi durang bilan tugadi, penaltilar seriyasida esa «qaymoqranglilar» 4:2 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Uchrashuv Shvetsariyaning Lozanna shahridagi «Stad de la Tyuiler» stadionida bo‘lib o‘tdi. Bahsni norvegiyalik bosh hakam Rohit Saggi boshqarib bordi.
O‘yinning 23-daqiqasida Xakobo Ortega hisobni ochib, Ispaniya jamoasini oldinga olib chiqdi. 64-daqiqada esa Tobias Yensen javob to‘pini kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Penaltilar seriyasida esa «Real» futbolchilari aniqroq harakat qilib, g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda mazkur turnir finalida «Barselona» jamoasi «Galatasaroy» ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozonib, chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.