locale OZ

UEFA yevrokuboklarda sariq kartochkalar bo‘yicha yangi qoidalarni joriy etdi

Tashkilot ushbu o‘zgarishni yevrokuboklarning yangi formati bilan izohladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
UEFA yevrokuboklarda sariq kartochkalar bo‘yicha yangi qoidalarni joriy etdi
Foto: Getty Images

UEFA Chempionlar Ligasi, Yevropa Ligasi va Konferensiyalar Ligasining umumiy bosqichida sariq kartochkalar to‘planishi bilan bog‘liq tartibni o‘zgartirdi. Yangi qoida futbolchilar bilan birga jamoalarning rasmiy vakillariga ham taalluqli bo‘ladi.

Endilikda umumiy bosqichda to‘rtta sariq kartochka olgan ishtirokchi navbatdagi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. Shundan keyin diskvalifikatsiya har bir navbatdagi juft sariq kartochkadan so‘ng — oltinchi, sakkizinchi va undan keyingi holatlarda qo‘llanadi.

Saralash bosqichlarida esa avvalgi tartib saqlanib qoladi: uchinchi sariq kartochkadan so‘ng diskvalifikatsiya belgilanadi, keyinchalik esa beshinchi, yettinchi va undan keyingi har bir toq sariq kartochkadan so‘ng jazoga tortiladi.

UEFA ushbu o‘zgarishni yevrokuboklarning yangi formati bilan izohladi. Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi umumiy bosqichidagi uchrashuvlar soni oltitadan sakkiztaga oshgani sababli, futbolchilarning sariq kartochkalar tufayli tez-tez diskvalifikatsiya qilinishining oldini olish maqsad qilingan. Yangi tartib umumiy bosqichi oltita uchrashuvdan iborat Konferensiyalar Ligasida ham amal qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting