locale OZ

UEFA Yevro-2028’dan keyingi saralash tizimiga oʻzgartirish kiritadi

Yangi format qanday koʻrinishda boʻladi?
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
UEFA Yevro-2028’dan keyingi saralash tizimiga oʻzgartirish kiritadi
FOTO: Getty Images

UEFA Yevropa chempionati 2028 (Yevro-2028) turniridan soʻng oʻtkaziladigan saralash musobaqalari tuzilishiga jiddiy oʻzgartirishlar kiritdi.

Yangi konseptga koʻra, saralash oʻyinlari ikkita ligaga ajratiladi. Eng kuchli divizion (1-liga) 36 ta terma jamoani oʻz ichiga oladi, ikkinchi divizionda (2-liga) esa 18 yoki 19 ta jamoa ishtirok etadi. Har bir milliy terma jamoa saralash bosqichida jami oltitadan uchrashuv oʻtkazadi. Yaqin oylar ichida ushbu tizimning barcha mayda detallari toʻliq ishlab chiqilib, yakuniga yetkaziladi.

1-liganing har bir guruhida eng yaxshi natija koʻrsatgan jamoalar toʻgʻridan-toʻgʻri Jahon yoki Yevropa chempionatining asosiy bosqichiga yoʻllanma oladi.

Qolgan boʻsh oʻrinlar esa pley-off (oʻtish oʻyinlari) tizimi orqali aniqlanadi. Mazkur pley-off bosqichida nafaqat 1-ligada qolib ketgan kuchli jamoalar, balki 2-liganing eng yaxshi guruh gʻoliblari ham ishtirok etish huquqiga ega boʻladi.

Yangi qoidaning eng qiziqarli tomoni shundaki, Jahon yoki Yevropa chempionatini oʻzida qabul qiladigan mezbon davlatlar ham (avvalgidek guruhlardan tashqarida qolmasdan) saralash turnirida qatnashadilar. Garchi ularning turnirdagi ishtiroki kafolatlangan boʻlsa-da, saralashdagi natijalari kelgusi Millatlar ligasi qurʼasidagi oʻrinlariga (posev) bevosita taʼsir koʻrsatadi.

Ushbu oʻzgarishlar fonida Millatlar ligasi formati ham qayta koʻrib chiqiladi. 2028/2029 yilgi mavsumdan boshlab Millatlar ligasi har birida 18 tadan jamoa boʻlgan jami uchta ligadan iborat boʻladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting