locale OZ

UEFA Yevro-2028 chiptalari narxini muzlatmoqchi — manba

Bu galgi nufuzli turnirga Angliya, Shotlandiya, Uels va Irlandiya mezbonlik qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
UEFA Yevro-2028 chiptalari narxini muzlatmoqchi — manba
FOTO: Getty Images

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) bo‘lajak 2028 yilgi Yevropa chempionati uchun chiptalar narxini oshirishni rejalashtirmayapti. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, eng hamyonbop toifadagi chiptalar narxi Yevro-2024 darajasida saqlab qolinadi. Xususan, Fans First va uchinchi toifadagi chiptalar mos ravishda 26 funt va 52 funt (taxminan 30 yevro va 60 yevro) etib belgilangan. Bu Germaniyada bo‘lib o‘tgan turnirdagi narxlar bilan bir xildir.

Eslatib o‘tamiz, navbatdagi Yevropa chempionati 2028 yilning 9 iyunidan 9 iyuliga qadar Angliya, Shotlandiya, Uels va Irlandiya maydonlarida bo‘lib o‘tadi. Amaldagi chempion Ispaniya terma jamoasi hisoblanadi. 2024 yilgi finalda ispanlar Berlindagi «Olimpiya» stadionida Angliyani 2:1 hisobida mag‘lub etgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting