UEFA Vinisiusni haqorat qilganlikda ayblangan Prestiannini nama'lum muddatga diskvalifikatsiya qildi
UEFA Chempionlar Ligasi pley-off bosqichi doirasidagi «Real Madrid»ga qarshi uchrashuvdan so‘ng, Vinisius Juniorga nisbatan irqchilikda ayblangan «Benfika» yarimhimoyachisi Janluka Prestianniga nisbatan rasmiy chora ko‘rdi.
Tashkilot bayonotiga ko‘ra, argentinalik futbolchi surishtiruv ishlari yakunlanguniga qadar vaqtincha diskvalifikatsiya qilindi.
«UEFA Nazorat, etika va intizom organi bugun Janluka Prestiannini kamsituvchi xatti-harakatlar bilan bog‘liq bo‘lgan UEFA Intizom reglamentining 14-moddasini qo‘pol ravishda buzgani uchun UEFA bayrog‘i ostidagi navbatdagi klub uchrashuvidan vaqtincha chetlatish haqida qaror qabul qildi.
Ushbu qaror davom etayotgan rasmiy tergov yakunlanganidan so‘ng UEFA intizom organlari tomonidan qabul qilinishi mumkin bo‘lgan yakuniy hukmga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi», — deyiladi UEFA rasmiy bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, ushbu vaqtinchalik jazo Prestiannining javob o‘yinida maydonga tusha olmasligini anglatadi. UEFA mutaxassislari barcha dalillarni (video va audio materiallar) o‘rganib chiqqach, futbolchining aybi isbotlansa, unga nisbatan yanada uzoq muddatli — 10 ta o‘yingacha chetlatish jazosi qo‘llanilishi mumkin.