UEFA Vinisius bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha rasmiy bayonot berdi
Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) Chempionlar Ligasining pley-off bosqichi doirasidagi «Benfika» — «Real» (0:1) uchrashuvida Vinisius Juniorning irqchilik bo‘yicha qilgan ayblovlari yuzasidan izoh berdi.
«Hozirda kecha oqshom bo‘lib o‘tgan o‘yinlarning rasmiy hisobotlari tahlil qilinmoqda. Agarda qoidabuzarliklar aniqlansa, ish ochiladi. Agar ushbu holatlar intizomiy jazo choralariga olib kelsa, bu haqdagi ma’lumotlar UEFA intizom bo‘limining rasmiy saytida e’lon qilinadi. Ayni bosqichda bizda ushbu masala bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot yoki izoh mavjud emas», — deyiladi UEFA bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq UEFA ushbu holat bo‘yicha surishtiruv boshlagani va Kilian Mbappeni ham so‘roq qilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.