locale OZ

UEFA Superkubogi formatida o‘zgarish bo‘lishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
UEFA Superkubogi formatida o‘zgarish bo‘lishi mumkin
Photo: Getty Images

UEFA Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi g‘oliblari o‘rtasidagi Superkubok uchrashuvi kelasi mavsumda kengaytirilishi va AQSH yoki Yaqin Sharq mamlakatlariga ko‘chirilishi mumkin. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, UEFA Superkubogi formatiga o‘zgartirish kiritish haqida o‘ylamoqda. Yangi format Italiya va Ispaniya Superkubogi bahslari kabi 4 ta jamoa ishtirokida, 2 ta yarim final va 1 ta final o‘yinidan iborat tarzda tashkil etilishi rejalashtirilgan. Biroq, yakuniy bosqichga jamoalar qanday chiqishi va saralash bosqichi haqida hozircha ma'lumot berilmagan.

Ma'lumot uchun, Ispaniya 2020 yildan beri ketma-ket 5 yil davomida Superkubok uchrashuvlarini to‘rt jamoali formatda Saudiya Arabistonida o‘tkazib kelmoqda. Bu shartnoma 2029 yilgacha mo‘ljallangan. UEFA’ning ham bu formatga o‘tishi moliyaviy jihatdan tashkilotga foyda keltirishi mumkin.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting