locale OZ

UEFA sariq kartochkalar bo‘yicha diskvalifikatsiya qoidasini o‘zgartirdi

Yangi tartib joriy mavsumdan boshlab kuchga kiradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
UEFA sariq kartochkalar bo‘yicha diskvalifikatsiya qoidasini o‘zgartirdi
Foto: Getty Images

UEFA Chempionlar Ligasi, Yevropa Ligasi va Konferensiyalar Ligasining umumiy bosqichida sariq kartochkalar to‘planishi bilan bog‘liq tartibni yangiladi.

Yangi qoidaga ko‘ra, futbolchi endilikda uchta emas, to‘rtta sariq kartochka olganidan keyin avtomatik ravishda bir uchrashuvga diskvalifikatsiya qilinadi. Birinchi jazodan so‘ng esa diskvalifikatsiya har ikki navbatdagi ogohlantirishdan keyin — oltinchi, sakkizinchi, o‘ninchi sariq kartochkalarda va shu tartibda qo‘llanadi.

UEFA bu o‘zgarishni yevrokuboklarning yangi formati bilan izohladi. Umumiy bosqichdagi uchrashuvlar soni ko‘paygani sababli avvalgi uchta sariq kartochkalik limit futbolchilarning o‘yinlarni tez-tez o‘tkazib yuborish xavfini oshirgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting