locale OZ

UEFA prezidenti: «Ronaldu — dunyodagi eng yaxshi 3 futbolchidan biri»

Čeferin 40 yoshli portugaliyalik futbolchini alohida maqtadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
UEFA prezidenti: «Ronaldu — dunyodagi eng yaxshi 3 futbolchidan biri»
ФОТО: Getty images

UEFA prezidenti Aleksander Čeferin Portugaliya futbol sammitida ishtirok etdi.

Unda u “An-Nassr” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu futbol tarixidagi 3 nafar buyuk futbolchidan biri deb atadi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

“Avvalo shuni aytishim kerakki, Ronaldu Portugaliyaning dunyodagi eng buyuk targ‘ibotchisi hisoblanadi. Men hech qachon unday raqobatni xohlovchi, g‘alabaga chanqoq futbolchini ko‘rmaganman. U hech qachon to‘xtashni istamaydi, har doim davom ettirishni xohlaydi.

Uning erishgan yutuqlari barchada katta taassurot qoldiradi. Ularni to‘liq sanab chiqish uchun ko‘p vaqt ketadi. Men unga nafaqat futbolchi, balki inson sifatida ham katta hurmat bilan qarayman. Bundan tashqari, u xayriya ishlari bilan shug‘ullanadi. Krishtianu Ronaldu — futbol tarixidagi eng buyuk uch futbolchidan biridir”, — deydi Čeferin.​

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting