UEFA muxlislarning xatti-harakatlari sabab «Atletiko»ni jarimaga tortdi
UEFA Nazorat, etika va intizom organi «Atletiko Madrid» klubini 15 ming yevro miqdorida jarimaga tortdi. Bu qaror UEFA Chempionlar Ligasi yarimfinalining ilk uchrashuvida Londonning «Arsenal» jamoasiga (1:1) qarshi o‘yinda yuz bergan tartibsizliklar sababli qabul qilindi.
«Metropolitano» stadioni tribunalarida mezbon muxlislar maydon tomonga turli buyumlar, jumladan, hojatxona qog‘ozlarini uloqtirishgan. UEFA ushbu holatni mehmonlar uchun o‘ziga xos «salomlashish» deb baholadi. Intizom qo‘mitasi bunday harakatlar futbolchilar va hakamlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkinligini inobatga olib, ularni xavfli deb topdi.
Jarima qarori raqobat qoidalarining buzilishi qayd etilgan rasmiy hisobot asosida chiqarildi. Eslatib o‘tamiz, «Atletiko» ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «Arsenal»ga imkoniyatni boy berib, turnirni tark etdi.