locale OZ

UEFA Luis Diasning diskvalifikatsiyasini qisqartirdi

Myunxenliklarni oldinda “Sporting” va “Union Sent-Jillua” bilan bahslar kutmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
UEFA Luis Diasning diskvalifikatsiyasini qisqartirdi
ФОТО: Getty images

UEFA Luis Diasga nisbatan jazoni yengillashtirdi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar berdi.

Ma'lumot uchun, “Bavariya” vingeri YeChL 4-turidan o‘rin olgan “PSJ”ga (2:1) qarshi bahsda raqib himoyachisi Ashraf Hakimiga qo‘pol tarzda o‘ynagani uchun chetlatilgandi. Shundan so‘ng marokashlik futbolchi jarohat olib, ikki oyga safdan chiqdi.

Shundan keyin UEFA Diasni 3 o‘yinga diskvalifikatsiya qilishga qaror qilgandi. Futbolchi “Arsenal”ga qarshi bellashuvni o‘tkazib yuborgandi. Myunxenliklarni oldinda “Sporting” va “Union Sent-Jillua” bilan bahslar kutmoqda.

Myunxen klubi Diasning diskvalifikatsiyani kamaytirish borasida apellyatsiya berdi. Bu so‘rov qanoatlantirildi. UEFA chetlatish uch o‘yindan ikki o‘yinga qisqartirilganini ma'lum qildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting