UEFA ham Infantinoning JCH bo‘yicha rejasiga keskin qarshi chiqdi
UEFA ham Infantinoning JCH bo‘yicha rejasiga keskin qarshi chiqdi
UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoning jahon chempionati huquqlarini tashqi investorlarga sotish hamda buning evaziga 211 ta a’zo assotsiatsiyaga 40 million dollardan to‘lab, 53 kunlik muhlat qo‘yish taklifi yuzasidan yangi va keskin bayonot berdi:
«Bugun FIFA assotsiatsiyalar ushbu taklifni qo‘llab-quvvatlashi uchun oxirgi muhlat belgilagani, aks holda bir martalik to‘lov taklifi bekor qilinishi haqida bildik. Bu loyiha haqida bilishingiz kerak bo‘lgan yagona narsa aslida shu.
Lekin ko‘plab manfaatdor tomonlar bilan o‘tkazilgan muhokamalardan so‘ng UEFAga ma’lum bo‘ldiki, FIFAning bu sxemasi tobora ortib borayotgan jiddiy qarshilikka uchramoqda. FIFA o‘zini va do‘stlarini boyitish uchun sport turimizdan foydalanishni davom ettira olmaydi.
Biz sportni to‘g‘ri yo‘lda rivojlantirishimiz mumkin. Assotsiatsiyalar, klublar, ligalar, futbolchilar va muxlislar manfaatini birinchi o‘ringa qo‘yadigan vaqt keldi», – deyiladi UEFA bayonotida.