locale OZ

UEFA Grinvud va Genduziga nisbatan intizomiy ish ochdi

Bunga UEFA Chempionlar ligasi pley-off bosqichida “Lion”ga qarshi o‘tkazilgan javob uchrashuvidan keyingi voqealar sabab bo‘lgan.
UEFA Grinvud va Genduziga nisbatan intizomiy ish ochdi
Foto: Getty Images

UEFA “Fenerbahche” futbolchilari Meyson Grinvud va Matteo Genduziga nisbatan intizomiy jarayon boshladi. Bunga UEFA Chempionlar ligasi pley-off bosqichida “Lion”ga qarshi o‘tkazilgan javob uchrashuvidan keyingi voqealar sabab bo‘lgan. “Fenerbahche”ning o‘zi ham UEFA tomonidan tekshiruvga tortilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, avval “Marsel”da to‘p surgan ikki futbolchi “Lion” muxlislariga qarata provokatsion harakatlar qilgan. Genduzi uchrashuv davomida va undan keyin tribunalar bilan tortishib qolgan, Grinvud esa o‘yin yakunida unga qo‘shilgan. Voqealardan so‘ng maydonda janjal ham yuzaga kelgan.

“Fenerbahche” UEFAning qarorini tasdiqlab, futbolchilar va klub manfaatlarini himoya qilish uchun tegishli dalillar hamda tushuntirishlarni taqdim etishini ma’lum qildi. Hozircha Grinvud, Genduzi yoki klubga qanday jazo qo‘llanishi noma’lum.

Ma’lumot uchun, “Fenerbahche” safardagi javob o‘yinida “Lion”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi va ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra 3:2 hisobida ustun kelib, UEFA Chempionlar ligasining liga bosqichiga yo‘l oldi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting