locale OZ

UEFA FIFAning Balogun bo‘yicha qarorini keskin qoraladi

FIFA Folarin Balogunning qizil kartochkasini bekor qilmagan bo‘lsa-da, bir o‘yinlik avtomatik diskvalifikatsiyani bir yillik sinov muddatiga qoldirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
UEFA FIFAning Balogun bo‘yicha qarorini keskin qoraladi
Foto: Getty Images

UEFA AQSH terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogunning avtomatik diskvalifikatsiyasini vaqtincha to‘xtatish haqidagi FIFA qaroriga keskin munosabat bildirdi.

Yevropa futbol tashkiloti ushbu qarorni “misli ko‘rilmagan, tushunarsiz va oqlab bo‘lmaydigan” deb atab, FIFA “qizil chiziqni kesib o‘tganini” ta’kidladi. UEFAga ko‘ra, qizil kartochkadan keyingi bir o‘yinlik avtomatik diskvalifikatsiya majburiy qoida bo‘lib, uni bunday tarzda bekor qilish futbolning asosiy tamoyillariga zid hisoblanadi.

“Futbolning ishonchliligi uning barcha uchun bir xil qoidalar asosida boshqarilishidadir. Qoidalarning kafolati yo‘qolsa, musobaqaning yaxlitligi va ishonchliligi ham xavf ostida qoladi”, — deyiladi UEFA rasmiy bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, FIFA Folarin Balogunning qizil kartochkasini bekor qilmagan bo‘lsa-da, bir o‘yinlik avtomatik diskvalifikatsiyani bir yillik sinov muddatiga qoldirdi. Natijada AQSH hujumchisi Belgiyaga qarshi JCh-2026 nimchorak final uchrashuvida maydonga tushish huquqini saqlab qoldi. Mazkur qaror futbol jamoatchiligi, UEFA va Belgiya futbol federatsiyasi tomonidan keskin tanqid qilinmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting