locale OZ

UEFA FIFAga urush e'lon qildi

FIFA Jahon chempionatining tijoriy huquqlarining bir qismini tashqi investorlarga sotishni rejalashtirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
UEFA FIFAga urush e'lon qildi
Foto: Getty Images

FIFA Jahon chempionatining tijoriy huquqlarining bir qismini tashqi investorlarga sotishni rejalashtirmoqda. Bu esa Yevropa futbol assotsiatsiyalarining keskin noroziligiga sabab bo‘ldi. UEFAga a’zo assotsiatsiyalar shu hafta favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi. Agar FIFA prezidenti Janni Infantino ushbu rejani amalga oshirishda davom etsa, ular Jahon chempionatini boykot qilish masalasini muhokama qilishi mumkin.

UEFA bu tashabbusni futbol boshqaruvida hech qachon kesib o‘tilmasligi kerak bo‘lgan “qizil chiziq” deb baholadi Tashkilot bayonotida shunday deyiladi: “Hech birimiz futbolga egalik qilmaymiz. FIFAning uni sotishga haqqi yo‘q.”

Yana bir e’tiborli jihati shundaki, bu reja 2026-yilgi Jahon chempionatidan oldin futbol assotsiatsiyalari bilan o‘tkazilgan rasmiy uchrashuvlarda umuman muhokama qilinmagan. Hozircha UEFA Jahon chempionatini boykot qilish bo‘yicha rasmiy qaror qabul qilgani yo‘q. Biroq FIFA ushbu rejadan voz kechmasa, futbol tarixidagi eng yirik mojarolardan biri yuzaga kelishi mumkin.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting