locale OZ

UEFA FIFAga qarshi pozitsiyasini rasman mustahkamladi

Yevropa futbol tashkiloti fikricha, musobaqalarga xususiy investorlarning jalb etilishi futbolning ustuvor yo‘nalishini sport manfaatlaridan investorlar foydasiga o‘zgartirishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
UEFA FIFAga qarshi pozitsiyasini rasman mustahkamladi
Foto: Getty Images

UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon chempionatining tijoriy huquqlarining bir qismini xususiy investorlarga sotish rejasiga qarshi navbatdagi rasmiy qadamni tashladi. Tashkilot ushbu tashabbusga nisbatan o‘z pozitsiyasini rasman mustahkamlab, FIFA loyihasini qo‘llab-quvvatlamasligini yana bir bor ma’lum qildi.

UEFA bayonotida Jahon chempionati oddiy tijorat loyihasi emas, balki butun futbol olamining merosi ekani ta’kidlandi. Shuningdek, FIFA bunday muhim tashabbusni milliy assotsiatsiyalar va manfaatdor tomonlar bilan yetarli maslahatlashuvlarsiz ishlab chiqqani tanqid qilindi.

Yevropa futbol tashkiloti fikricha, musobaqalarga xususiy investorlarning jalb etilishi futbolning ustuvor yo‘nalishini sport manfaatlaridan investorlar foydasiga o‘zgartirishi mumkin. UEFA shu sababli FIFAni mazkur rejadan voz kechishga chaqirdi hamda Jahon chempionati kabi musobaqalar tijorat obyekti bo‘lishi kerak emasligini qayd etdi.

Avvalroq UEFAga a’zo 55 ta milliy assotsiatsiya FIFA ushbu loyihani amalga oshirishda davom etsa, tashkilot tasarrufidagi musobaqalarni boykot qilishga tayyor ekanini bildirgandi. Bu qaror Janni Infantinoning tashabbusiga berilgan eng keskin javoblardan biri sifatida baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting