locale OZ

UEFA FIFA turnirlarini boykot qilish rejasidan voz kechishi mumkin

Bunga FIFA tomonidan Janni Infantino ilgari surgan bahsli tijoriy loyiha qayta tiklanmasligi haqida kafolat berilgani sabab bo‘lgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
UEFA FIFA turnirlarini boykot qilish rejasidan voz kechishi mumkin
Foto: Getty Images

UEFA FIFA musobaqalarini boykot qilish bo‘yicha tahdidini bekor qilishga tayyor. Bunga FIFA tomonidan Janni Infantino ilgari surgan bahsli tijoriy loyiha qayta tiklanmasligi haqida kafolat berilgani sabab bo‘lgan.

Yevropa futbol federatsiyalari 30-iyul kuni o‘tkazilgan favqulodda yig‘ilishda FIFA turnirlarini boykot qilish masalasini qo‘llab-quvvatlagan edi. Asosiy talab FIFA Forward Enterprise loyihasining to‘liq bekor qilinishi va kelajakda FIFA musobaqalarining tijoriy huquqlariga xususiy investorlarni jalb qilish bo‘yicha o‘xshash tashabbuslar qayta ko‘rib chiqilmasligi edi.

Infantino mazkur loyihadan ikki kun o‘tib voz kechgan bo‘lsa-da, UEFA kelajak uchun majburiy kafolatlar berilmagani sabab boykot tahdidini saqlab qolgan. Endilikda FIFA kerakli kafolatlarni taqdim etgani va UEFA o‘z talablarining bajarilganini hisoblayotgani xabar qilinmoqda.

Ma’lumot uchun, boykot tahdidi bekor qilinsa, Yevropa terma jamoalari FIFA musobaqalaridagi ishtirokini odatdagidek davom ettiradi. Dastlabki turnirlardan biri kelasi hafta Polshada boshlanadigan 20 yoshgacha bo‘lgan ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionati bo‘ladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting