locale OZ

UEFA FIFA prezidentligi uchun Infantinoga muqobil nomzodni aniqladi

Hozircha bu masala bo‘yicha rasmiy saylov kampaniyasi boshlanmagan.
UEFA FIFA prezidentligi uchun Infantinoga muqobil nomzodni aniqladi
Foto: Getty Images

The Telegraph xabariga ko‘ra, UEFA rahbariyati PSJ prezidenti va Yevropa Klublar Assotsiatsiyasi (ECA) raisi Nosir Al-Xelayfiyni FIFA prezidentligi uchun Janni Infantinoga asosiy raqobatchi sifatida ko‘rmoqda.

Manbaga ko‘ra, Yevropa futboli rahbarlari Al-Xelayfi FIFAda yangi boshqaruv davrini boshlab berishi mumkin, deb hisoblamoqda. So‘nggi kunlarda Jahon chempionati tijoriy huquqlarini xususiy investorlarga sotish loyihasi atrofidagi mojarolar UEFA va FIFA o‘rtasidagi munosabatlarni keskinlashtirgan edi.

Qayd etilishicha, aynan shu voqealardan so‘ng UEFA 2027-yilda bo‘lib o‘tadigan FIFA prezidentligi saylovida Janni Infantinoga qarshi yagona kuchli nomzod bilan chiqish variantini muhokama qilmoqda. Hozircha Nosir Al-Xelayfi o‘z nomzodini rasman ilgari surgani yo‘q. Aksincha, u FIFA prezidentligi uchun kurashish niyati yo‘qligini ma’lum qilgan.

Hozircha bu masala bo‘yicha rasmiy saylov kampaniyasi boshlanmagan. Biroq The Telegraph ma’lumotiga ko‘ra, UEFA ichida FIFA rahbariyatida o‘zgarish qilish masalasi jiddiy muhokama qilinmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting