UEFA Chempionlar Ligasida haftaning ramziy terma jamoasi e’lon qilindi
Chempionlar Ligasining X ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasi musobaqaning joriy haftadagi eng yaxshi futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoasini e’lon qildi.
Hafta ramziy terma jamoasi:
Darvozabon: David Rayya («Arsenal»).
Himoyachilar: Vilyam Pacho (PSJ), Vilyam Saliba («Arsenal»), Mark Pubil («Atletiko» Madrid).
Yarimhimoyachilar: Yozua Kimmix («Bavariya»), Deklan Rays («Arsenal»), Dezire Due (PSJ), Xvicha Kvarasxeliya (PSJ).
Hujumchilar: Luis Dias («Bavariya»), Usmon Dembele (PSJ), Bukayo Saka («Arsenal»).
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumning final bahsi Budapeshtdagi «Pushkash Arena» stadionida bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning hal qiluvchi o‘yini 2026 yil 30 mayga belgilangan.
Ma’lumot uchun, Chempionlar Ligasining amaldagi g‘olibi Fransiyaning PSJ klubi hisoblanadi.