locale OZ

UEFA Chempionlar Ligasi reglamentiga o'zgartirish kiritishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
UEFA Chempionlar Ligasi reglamentiga o'zgartirish kiritishi mumkin
FOTO: Getty Images

UEFA Chempionlar Ligasi reglamentiga o'zgartirish kiritishi mumkin. Bu haqda BILD nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, musobaqaning pley-off bosqichida qo'shimcha vaqtni bekor qilish varianti ko'rib chiqilmoqda. Ikki o'yinning umumiy hisobi durang bo'lsa, to'g'ridan-to'g'ri penaltilar seriyasiga murojaat qilinadi. Bu chora futbolchilarning tig'iz taqvimda tiklanish imkoniyatini beradi.

Shuningdek, Chempionlar Ligasining chorak final bosqichidan oldin bir mamlakat klublari ajratilishi mumkin. Ta'kidlanishicha, dastlabki bosqichlarda bir mamlakat jamoalari ishtirokidagi o'yinlar muxlislarda qiziqish uyg'otmaydi.

Qayd etilishicha, amaldagi reglamentga o'zgartirish kiritish to'g'risidagi qaror 30-may kuni Myunxenda bo'lib o'tadigan UEFA assambleyasida qabul qilinishi mumkin.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting