locale OZ

UEFA Chempionlar ligasi haftalik ramziy jamoasini e'lon qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

UEFA 2024/25 yilgi mavsum yarim final bosqichining javob uchrashuvlaridan so‘ng haftalik ramziy jamoani e’lon qildi. Ushbu ro‘yxatga hal qiluvchi pallalarda jamoalariga katta yordam bergan va maydonda o‘zini ko‘rsata olgan futbolchilar kiritildi.

UEFA talqiniga ko‘ra haftaning ramziy jamoasi:
Darvozabon:
Yann Zommer
Himoyachilar:
Ashraf Hakimi
Markinos
Franchesko Acherbi
Jerar Martin
Yarim himoyachilar:
Nikolo Barella
Frenki de Yong
Fabian Ruis
Hujumchilar:
Lamin Yamal
Hvicha Kvaratsekheliya
Lautaro Martines

Bu tarkib Chempionlar ligasi finaliga yo‘l olgan jamoalar safida jonbozlik ko‘rsatgan futbolchilarning yuqori darajadagi o‘yinini aks ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, final uchrashuvi 31 may kuni Myunxendagi “Allianz Arena”da “Pari Sen-Jermen” va “Inter” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting