locale OZ

UEFA «Chelsi»ga nisbatan jarima qo‘lladi

Jarimaning shartli qismi klubning 2026 yil davomida ham ushbu xarajatlar ulushini sezilarli darajada kamaytira olishiga bog‘liq bo‘ladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
UEFA «Chelsi»ga nisbatan jarima qo‘lladi
photo: gettyimages

UEFA tarkib xarajatlari bo‘yicha qoidalar buzilgani uchun Londonning «Chelsi» klubiga nisbatan jarima qo‘lladi.

UEFA Klublar moliyaviy nazorati organining birinchi palatasi 2025 kalendar yili yakunlari bo‘yicha «Chelsi» tarkib xarajatlari belgilangan 70 foizlik me’yordan oshib ketganini aniqladi.

Natijada ingliz klubiga 3 million yevro miqdorida jarima belgilandi. Uning 2 million yevrosi shartli hisoblanadi.

UEFA ma’lum qilishicha, «Chelsi» o‘tgan mavsumda ham shunday qoidabuzarlik uchun jazolangan. Biroq qaror qabul qilish jarayonida klubning 2024 yildan 2025 yilgacha tarkib xarajatlari ko‘rsatkichini kamaytirish bo‘yicha ijobiy dinamikasi inobatga olingan.

Jarimaning shartli qismi klubning 2026 yil davomida ham ushbu xarajatlar ulushini sezilarli darajada kamaytira olishiga bog‘liq bo‘ladi.

Shuningdek, tarkib xarajatlari bo‘yicha qoidalarni buzgani uchun «Aston Villa», «Nyukasl», «Nottingem Forest», «Strasbur», «Fenerbahche», «Fiorentina», AYEK, «Nitssa» va boshqa bir qator klublar ham jazoga tortildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting