locale OZ

UEFA «Benfika» — «Real» uchrashuvi paytida Vinisius bilan bogʻliq voqea boʻyicha tekshiruv boshlaydi

Tomonlar oʻrtasidagi javob oʻyini 25 fevral kuni boʻlib oʻtadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
UEFA «Benfika» — «Real» uchrashuvi paytida Vinisius bilan bogʻliq voqea boʻyicha tekshiruv boshlaydi
FOTO: Getty Images

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) Chempionlar Ligasining pley-off bosqichi doirasidagi «Benfika» va «Real» (0:1) uchrashuvida yuz bergan voqealar yuzasidan intizomiy tergov harakatlarini boshladi. Bu haqda Madrid Universal nashri xabar bermoqda.

Tergovga Vinisius Junior manzili tomon aytilgan irqchi haqoratlar sabab bo‘lgan. Manbaning yozishicha, UEFA ushbu mojaroning barcha ishtirokchilarini, jumladan, lissabonliklar futbolchisi Janluka Prestiannini ayblab chiqqan Kilian Mbappeni ham so‘roq qilishni rejalashtirmoqda. Agar ayblovlar o‘z isbotini topmasa va yetarli dalillar bo‘lmasa, hech qanday sanksiya qo‘llanilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Lissabondagi o‘yin «qirollik klubi»ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi, yagona gol muallifi aynan Vinisius bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda braziliyalik futbolchi hakam Fransua Leteksyega shikoyat qilganidan so‘ng o‘yin deyarli to‘qqiz daqiqaga to‘xtab qolgan edi.

Jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 25 fevral kuni «Santyago Bernabeu» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting