UEFA «Barselona» 30,5 ming yevro miqdorida jarimaga tortdi
Shuningdek, kataloniyaliklar bosh murabbiyi Hans-Diter Flik ham ogohlantirildi.
FOTO: Getty Images
UEFA YChLning umumiy bosqichi 7-turidan o‘rin olgan «Slaviya» — «Barselona» (2:4) uchrashuvidagi tartibbuzarliklar uchun kataloniyaliklarni 30,5 ming yevro miqdorida jarimaga tortdi. Bu haqda UEFA ma'lumotiga tayanib Mundo Deportivo xabar bermoqda.
Sanksiyalar quyidagicha taqsimlangan:
- 15,5 ming yevro — muxlislar tomonidan maydonda fayyerlar yoqilgani uchun;
- 15 ming yevro — jamoaning maydonga chiqishni kechiktirgani uchun.
Ta’kidlanishicha, uchrashuvning kechikib boshlanishiga bosh murabbiy Hans-Diter Flikning harakatlari sabab bo‘lgan. Shu sababli UEFA murabbiyni rasman ogohlantirdi. Agar bunday holat yana takrorlansa, Flikka nisbatan jiddiyroq jazo choralari ko‘rilishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, YChLning umumiy bosqichi yakunlariga ko‘ra, «Barselona» 16 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida beshinchi o‘rinni band etdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist