locale OZ

UEFA \"Aston Villa\"ni moliyaviy qoidabuzarlik uchun jarimaga tortdi

Birmingem klubi 22,5 million yevro miqdorida jarimaga tortilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
UEFA "Aston Villa"ni moliyaviy qoidabuzarlik uchun jarimaga tortdi
Foto: Getty Images

UEFA Klublarni moliyaviy nazorat qilish organi (CFCB) Angliyaning "Aston Villa" klubiga moliyaviy barqarorlik qoidalarini buzganligi uchun sanksiya qo‘lladi.

Ma'lum qilinishicha, Birmingem klubi futbolchilar tarkibiga ajratilgan xarajatlar UEFA belgilagan me'yordan oshib ketgani sababli 22,5 million yevro miqdorida jarimaga tortilgan. Biroq ushbu summaning 15 million yevrosi shartli bo‘lib, klub kelgusi yillarda moliyaviy ko‘rsatkichlarini yaxshilasa, bu qismni to‘lamaydi.

Bundan tashqari, UEFA "Aston Villa"ga yevrokuboklar uchun yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishda ma'lum cheklovlar ham qo‘lladi. Agar klub moliyaviy qoidalarga rioya qilmasa, kelgusida yanada og‘irroq sanksiyalar qo‘llanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2025/26-yilgi mavsum yakunlari bo‘yicha UEFA jami 14 ta klubni moliyaviy barqarorlik qoidalarini buzganlik uchun jazoladi. Ular orasida "Yuventus", "Chelsi", "Nyukasl", "Nottingem Forest" va boshqa klublar ham bor.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting