locale OZ

UEFA 14 ta klubni moliyaviy qoidalarni buzgani uchun jazoladi

Hisobotga ko‘ra, qoidabuzarliklar futbol daromadlari qoidasi, tarkib xarajatlari limiti hamda moliyaviy hisobotlarni yuritish talablari bilan bog‘liq.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
UEFA 14 ta klubni moliyaviy qoidalarni buzgani uchun jazoladi
Foto: Getty Images

UEFA Klublarni moliyaviy nazorat qilish organi (CFCB) 2025/26-yilgi mavsum yakunlari bo‘yicha moliyaviy monitoring natijalarini e'lon qildi. Unga ko‘ra, Yevropaning 14 ta klubi moliyaviy barqarorlik qoidalarini buzganlikda aybdor deb topildi.

Hisobotga ko‘ra, qoidabuzarliklar futbol daromadlari qoidasi, tarkib xarajatlari limiti hamda moliyaviy hisobotlarni yuritish talablari bilan bog‘liq. UEFA ayrim klublarga jarima solgan bo‘lsa, ba'zilariga futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha cheklovlar ham qo‘lladi.

Eng yirik jarimalardan biri Italiyaning «Yuventus» klubiga tegishli bo‘ldi. Shuningdek, «Nyukasl», «Aston Villa», «Chelsi», «Strasbur», «Nitssa», «Fiorentina», «Nottingem Forest», «Fenerbahche», AEK, «Santa Klara», «Panatinaikos», «Vardar» va yana bir qator klublar ham UEFA sanksiyalariga duch keldi.

UEFA ta'kidlashicha, klublarning kelgusidagi moliyaviy faoliyati doimiy nazorat ostida bo‘ladi. Belgilangan talablar yana buzilgan taqdirda, qo‘shimcha jarimalar, transfer cheklovlari yoki hatto UEFA musobaqalaridan chetlatish kabi sanksiyalar qo‘llanishi mumkin.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting