locale OZ

Uayt yozda «Arsenal»ni tark etmoqchi

Futbolchi 2021 yilda “Brayton”dan “Arsenal”ga ko‘chib kelgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Uayt yozda «Arsenal»ni tark etmoqchi
ФОТО: Getty images

“Arsenal” himoyachisi Ben Uayt yozda “to‘pchilar”ni tark etishi mumkin. Bu haqda Football Insider xabar berdi.

Manbada keltirilishicha, futbolchiga MLS va Saudiya Arabistoni jamoalari qiziqish bildirmoqda. Hozircha da’vogar jamoalar nomi oshkor qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, Uayt 2021 yilda “Brayton”dan “Arsenal”ga ko‘chib kelgan. Buning uchun London klubi 60 million yevro sarflagan.

Joriy mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 19 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning hisobida 1 gol va 2 assist mavjud. Uaytning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting