locale OZ

Uarton: «His-tuyg‘ularni so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydi»

Adam jamoasining muvaffaqiyati haqida gapirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Uarton: «His-tuyg‘ularni so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydi»
ФОТО: Getty images

Angliyaning «Kristal Pelas» klubi yarim himoyachisi Adam Uarton Konferensiyalar ligasi finalida Ispaniyaning «Rayo Vallecano» jamoasi ustidan qo‘lga kiritilgan g‘alaba (1:0) haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«O‘tgan yili Angliya Kubogidan keyingi bayramni o‘tkazib yuborgandim, shu sababli bu safar albatta o‘rnini to‘ldiraman. His-tuyg‘ularni so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydi. Janubiy London uchun, muxlislar uchun bu nimani anglatishini ko‘rib turibsiz-ku. Bu aqlga sig‘maydigan holat.

Himoyani yorib o‘tish qiyin bo‘lishini bilardik. Bu juda yaxshi tayyorlangan jamoa. Ispaniyada u eng mehnatkash va maqsad sari intiluvchan jamoalardan biri hisoblanadi. O‘yin boshi, finallardagidek, ancha ehtiyotkorona boshlanib, asta-sekin o‘z ritmimizga tushib oldik.

Ko‘proq gol urib, vazifamizni yengillashtirishimiz kerak edi, lekin shundoq ham uddaladik», — deya Uartonning so‘zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti TNT Sports’ga tayanib.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting