locale OZ

U-23 Osiyo Kubogi saralashi: O‘zbekiston Qirg‘izistonda ishtirok etadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Bugun, 29 may kuni U-23 Osiyo Kubogi saralash bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi “E” guruhidan joy oldi. Raqiblarimiz — Qirg‘iziston, Shri-Lanka va Falastin. Ushbu guruh bahslari Qirg‘izistonda tashkil etiladi.

Musobaqa reglamentiga ko‘ra, 11 guruh g‘olibi hamda eng yaxshi natija qayd etgan 4 ta ikkinchi o‘rin sohiblari 2026 yili Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan final bosqichiga yo‘llanma oladi.

Quyida barcha guruhlar bilan tanishing (guruh o‘yinlarini qabul qiladigan mamlakatlar birinchi o‘rinda keltirilgan):
• A guruhi: Iordaniya, Butan, Xitoy Taypey, Turkmaniston
• B guruhi: Myanma, Afg‘oniston, Kuvayt, Yaponiya
• C guruhi: Vyetnam, Bangladesh, Singapur, Yaman
• D guruhi: Xitoy, Shimoliy Mariana orollari, Timor Leste, Avstraliya
• E guruhi: Qirg‘iziston, Shri-Lanka, Falastin, O‘zbekiston
• F guruhi: Tailand, Mo‘g‘uliston, Livan, Malayziya
• G guruhi: Kambodja, Pokiston, Ummon, Iroq
• H guruhi: Qatar, Brunei, Hindiston, Bahrayn
• I guruhi: BAA, Guam, Gonkong, Eron
• J guruhi: Indoneziya, Makao, Laos, Koreya Respublikasi
• K guruhi: Tojikiston, Nepal, Filippin, Suriya

Eslatib o‘tamiz, saralash bahslari 2025 yil 1–9 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting