locale OZ

U21 chempionati. «Dinamo» yoshlarining 5 o'yinlik g'alabali seriyasi Andijonda to'xtadi

Shu tariqa, "Dinamo" U21 20 ochko bilan 3-o'ringa tushdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
U21 chempionati. «Dinamo» yoshlarining 5 o'yinlik g'alabali seriyasi Andijonda to'xtadi
Фото: Андижон ПФК

U21 chempionati 10-tur doirasida "Dinamo" U21 jamoasi Andijonga safar qildi.

Turnirda 2-o'rinda borayotgan Rafael Balasanyan bosh murabbiyligidagi Samarqand jamoasi 3-o'rindagi "Andijon" U21 jamoasi bilan bahsda munosib qarshilik ko'rsatgan bo'lsa-da, alamli tarzda mag'lub bo'ldi – 1:0.

Birinchi bo'limda "Dinamo" futbolchisi Abdulahad Hoshimov jarima maydoni ichida "Andijon"ning ikki futbolchisi tomonidan qo'pollik bilan to'xtatilgan bo'lsa-da, bosh hakam Doston Mirzaraimov bu vaziyatda penalti belgilamadi. Ikkinchi bo'lim boshida esa jamoamizning ikki yaqqol hujumi ofsayd deya to'xtatib qolindi.

Shu tariqa, "Dinamo" U21 20 ochko bilan 3-o'ringa tushdi, "Andijon" U21 esa 21 ochko bilan 2-o'ringa ko'tarildi.

U21 chempionati. 10-tur
"Andijon" U21 - "Dinamo" U21 – 1:0
Gol: Hamidullo Karimov, 77.
"Dinamo": Sarvar Karimov, Oybek Hamroqulov, Akbar Xujoyberdiyev, Abdulahadjon Hoshimov, G'olibjon Bahromov, G'olibjon Odilov, Mashhur Obidov, Islom Xoldorov, Dilshod Rahmonov, Edem Seitveliev, Rahmatulloh Izzatulloyev.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting