locale OZ

U21 chempionati. «Dinamo» U21 jamoasi Toshkentda «Paxtakor»ga qarshi kambek qildi

“Dinamo” yoshlari navbatdagi 3 ochkoni qoʻlga kiritdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
U21 chempionati. «Dinamo» U21 jamoasi Toshkentda «Paxtakor»ga qarshi kambek qildi
Фото: Динамо ПФК

U21 chempionati 8-turidan oʻrin olgan uchrashuvda “Dinamo” yoshlar jamoasi Toshkentda “Paxtakor” mehmoni boʻldi.

Qiziqarli kechgan bahsda mezbonlar hisobni ochgan boʻlsa-da, Abdulahadjon Hoshimov 69-daqiqada hisobni tenglashtirdi – 1:1.

Zaxiradan maydonga tushirilgan Xislat Xalilov esa 88-daqiqada gʻalaba golini urib, “Dinamo” yoshlari uchun yana 3 ochkoni taʼminladi.

Shu tariqa, Rafael Balasanyan shogirdlari 17 ochko bilan 2-oʻringa koʻtarildi, “Paxtakor” esa 15 ochko bilan 3-oʻrinda bormoqda.

U21 chempionati. 8-tur
“Paxtakor” U21 - “Dinamo” U21 – 1:2
Gollar: Diyor Ermanov, 54 (1:0), Abdulahadjon Hoshimov, 69 (1:1), Xislat Xalilov, 88 (1:2).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting