U21 chempionati. «Dinamo» o‘rinbosarlari «Mash'al»ni mag‘lub etib, 2-o‘ringa ko‘tarildi
U21 chempionati 11-turi doirasida "Dinamo" U21 jamoasi Samarqanddagi "Afrosiyob arena" stadionida "Mash'al" U21 jamoasini qabul qildi.
Yomg‘ir ostida kechgan bahsda Rafael Balasanyan shogirdlari dastlab gol o‘tkazib yuborgan bo‘lsa-da, 1-bo‘limning o‘zida Abdulahad Hoshimov va Oybek Hamroqulovning gollari bilan hisobda oldinga chiqib olishdi – 2:1.
Muborak klubi hisobni 2:2 ga tenglashtirgach, mezbonlar 2-bo‘limda Xislat Xalilov va Akbar Xudoyberdiyevni maydonga tushirib, hujumkorlikni oshirishdi va hisobni 3:2 ga o‘zgartirishdi. Bu gol yoshlarimizning bu mavsumdagi 20-goli bo‘ldi.
Shu tariqa, "Dinamo" yoshlar ochkolarini 23 taga yetkazib, 2-o‘ringa ko‘tarilishdi. Peshqadam "Buxoro" 25 ochkoga ega.
U21 chempionati. 11-tur
"Dinamo" U21 - "Mash'al" U21 – 3:2
Gollar: Farrux Toshpo‘latov, 10 (0:1), Abdulahad Hoshimov, 25 (1:1), Oybek Hamroqulov, 27 (2:1), Ruhiddin Xolmatov, 35 (2:2), Akbar Xudoyberdiyev, 47 (3:2).
"Dinamo U21": Sarvar Karimov, G‘olibjon Odilov, Salim Mustafoev, Shuhrat Mamatov, Edem Seitvaliyev, Rahmatullo Izzatulloev, Oybek Hamroqulov, Abdulahad Hoshimov, Islombek Xoldorov, Dilshod Rahmonov, Fozilbek Zokirov,
Zaxira: Doniyor Burhonov, Xislat Xalilov, Akbar Xudoyberdiyev, G‘olibjon Bahromov, Parviz Farmonov, Mashhurbek Obidov, Umar Rahimov, Javohir Ergashyev, Quvonchbek Haydarov.