U21 chempionati. «Dinamo» 2-o‘rindagi «Lokomotiv»ni mag‘lub etib, peshqadamga yetib oldi
U21 chempionati 7-turi doirasida "Dinamo" yoshlar jamoasi Samarqandda Toshkentning "Lokomotiv" yoshlarini qabul qilishdi.
Samarqanddagi Kimyogarlar qo‘rg‘oni "Nurafshon" stadionida o‘tgan qiziqarli bahsda G‘olibjon Odilov va zaxiradan maydonga tushgan Islomjon Xoldorovning goli qadimiy shahar yoshlariga g‘alaba olib keldi – 2:1. Asabiy o‘tgan o‘yinda ikki tomondan ham bir nafardan o‘yinchi maydondan chetlatildi.
Shu tariqa, Rafael Balasanyan murabbiyligidagi "Dinamo" yoshlar jamoasi 2-o‘rindagi "Loko" ustidan muhim g‘alabaga erishib, 14 ochko bilan peshqadam "Andijon" yoshlariga yetib olishdi va hozircha to‘plar nisbatiga ko‘ra 2-o‘ringa ko‘tarilib olishdi.
U21 chempionati. 7-tur
"Dinamo" U21 - "Lokomotiv" U21 – 2:1
Gollar: G‘olibjon Odilov, 13 (1:0), Sherdorbek Abdulboriyev, 28 (1:1), Islomjon Xoldorov 61 (2:1)
"Dinamo": 71. Sarvar Karimov, 17. Salim Mustafoev, 23. Oybek Hamroqulov, 24. Akbar Xudoyberdiyev, 29. Abdulahadjon Hoshimov, 36. G‘olibjon Odilov, 53. Fozilbek Zokirov, 63. Fayozbek Abduhamidov, 64. Quvonchbek Haydarov, 79. Edem Seytveliyev, 90. Rahmatilloh Izzatullayev.
Zaxiradagilar: 43. Doniyor Burxonov, 32. G‘olibjon Bahromov, 35. Parviz Farmonov, 39. Mashhurbek Obidov, 41. Islomjon Xoldorov, 45. Umar Rahimov, 47. Javohir Ergashov, 52. Dilshod Rahmonov, 99. Ulug‘bek Hoshimov.
"Lokomotiv": 16. Danil Baklanov, 19. Sherzodbek Abdulboriyev, 21. Ilya Yelichich, 30. Ja‘far Bahodirov, 31. Ali Rihsiboyev, 32. Jahongir Hoshimboev, 39. Asliddin Obidjonov, 40. Izzatilla Yusupov, 41. Bobur Abdujabborov, 42. Ilhom Jo‘rayev, 90. Nikolaos Akopov.
Zaxiradagilar: 47. Abdulboriy Zoidjonov, 34. Muhammadjon Abdurashidov, 36. Jasurbek Jumaboyev, 37. Shuhrat Abduhalilov, 43. Samirjon Rabbimov, 44. Muhammad Xabibullaev, 48. Ismoilbek Usmonxo‘jayev, 75. Muhammadshoh Ahmedov, 89. Artur Mxitaryan.